
Buffon PSJga nega kelganini aytdi
PSJ darvozaboni Janluiji Buffon braziliyalik jamoadoshi Neymarga “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi uchun yordam bermoqchi ekanligini aytdi.
“Men hozir Neymarga “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishida yordam berish uchun PSJga keldim. U ushbu mukofotni kamida 2 marta qo‘lga kiritish uchun barcha narsa mavjud. Faqatgina bunga Neymarning o‘zi ishonishi kerak”, - deydi italiyalik posbon.
Ma’lumot uchun, Neymar faoliyati davomida 2 marta “Oltin to‘p” mukofotining uchligiga kirgan. Biroq, ularning ikkalasida ham ikkinchi o‘rinda qolib ketgan.
Fikrlar