Buffon endi beshinchi

  • 11 iyun, 2017, 23:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” xamda Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon JCh-2018 saralash bosqichi 6-turidan o‘rin olgan Lixtenshteyn terma jamoasiga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Bu italiyalik kiper uchun “skuadra adzurra” tarkibidagi 169-o‘yin edi va u futbol tarixida terma jamoalar tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan beshinchi futbolchiga aylandi.

Buffon bugungi bahs tufayli 168 ta o‘yinga ega bo‘lgan ekvadorlik Ivan Urtadoni quvib o‘tdi.

Terma jamoa tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa Misr termasining sobiq futbolchisi Axmad Xassanga tegishli. Axmad 1995 yildan 2012 yilga qadar Misr terma jamoasi safida 184 ta bahsda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Buffon 1997 yildan buyon terma jamoa tarkibida to‘p surib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!