Buffon nima sababdan aynan darvozabon bo‘lganligini aytib o‘tdi
“Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon yoshligida aynan nima sababdan darvozabonlikni tanlaganiga aniqlik kiritdi.
“Men yoshligimda mening qahramonim Kamerun terma jamoasining o‘sha vaqtdagi darvozaboni Toma N’Kone edi. Men uning o‘yinin 1990 yilgi JChda ko‘rgan edim. Hozirgacha Kamerun termasi Italiyadan so‘ng, eng yaxshi ko‘rgan jamoam sanaldi.
O‘shanda, mundialning ochilish bahsida aynan Kamerun termasi mezbon bo‘lgan Argentinaga qarshi bahs yuritgan edi. Kamerun o‘shanda g‘alaba qozongan edi va shundan so‘ng men darvozabon bo‘lishga qaror qilgan edim”, – deb aytib o‘tdi Buffon.

Fikrlar