Buffon sobiq jamoasini A Seriyaga qaytgani bilan tabrikladi
“Yuventus” jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon sobiq klubi – “Parma”ni A Seriyaga qaytgani bilan tabrikladi. 40 yoshli futbolchi 1995–2001 yillar davomija “Parma” darvozasini qo‘riqlagan.
“Buyuk “Parma”, – deb yozdi italiyalik posbon “Tvitter”dagi sahifasiga.
“Parma” joriy mavsumda B Seriyada ikkinchi o‘rinni egalladi va A Seriyada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. “Frozinone” ham “Parma” singari 72 ochko to‘plagandi, biroq to‘plar nisbati bo‘yicha yomonroq natija ko‘rsatdi.
Avvalroq “Empoli” Italiya A Seriyasiga qaytgani haqida xabar berilgandi.
“Parma” 2015 yili bankrot deb e’lon qilingach, to‘rtinchi divizionga tushib ketgandi. Uch yil ichida jamoa yuqori divizionga qaytdi.

Fikrlar