
Buffon va Iguain Turin derbisini o‘tkazib yuborishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimilano Allegri "Monako"ga qarshi javob bahsi oldidan jamoaning asosiy darvozaboni Janluiji Buffonga dam berishga qaror qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Italiya A Seriyasining 35-turida "Torino"ga qarshi Turin derbisida "keksa sinora" darvozasini braziliyalik golkiper - Neto qo‘riqlaydi.
Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu uchrashuvni shuningdek "Yuventus"ning asosiy hujumchisi Gonsalo Iguain ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Uning o‘rnini esa Mario Manjukich egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" EChLning yarim final dastlabki bahsida safarda "Monako"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar