
Bugun Sardor Rashidovning jamoasi JChdagi ishtirokini boshlaydi
Bugun BAAda klublar o‘rtasidagi JCh o‘yinlari start oladi. Pley-off bosqichida hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira” klubi Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” klubini qabul qiladi.
Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22.00 da start oladi va uni “Futbol TV” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Mazkur qarama-qarshilikda g‘olib chiqqan jamoa esa 2017 yil OChLda g‘olibi bo‘lgan Yaponiyaning “Urava Reds” klubi bilan to‘qnash keladi.
Klublar o‘rtasidagi JCh-2017. Pley-off (saralash) raundi
22.00 “Al-Jazira” (BAA) – “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya)
Bosh hakam: Diedxiu Malang
Laynsmenlar: Jibril Kamara, El Xoji Samba (barchasi Senegal)
Zahira hakami: Sandro Richchi (Braziliya)
Videoassistentlar: Klement Tyurpin (Frantsiya), Emerson De Karvalo (Braziliya)
Videoassistent yordamchisi: Mark Geger (AQSh).
Fikrlar