Bugun barcha bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Janglarning boshlanish vaqti ma’lum

  • 03.05.2017 07:30
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final janglariga start beriladi. Ertalabki dasturdagi bahslarni hamyurtimiz Murodjon Axmadaliev butanlik Nima Dorjiga qarshi jang bilan boshlab beradi. Bu jang soat 11.00 dan boshlab "Facebook"dagi ushbu sahifada jonli namoyish etiladi.

Yana bir hamyurtimiz Sanjar Tursunov esa chorak finaldagi yurishini Qozog‘iston vakili Vasiliy Levitga qarshi jang bilan davom ettiradi. Ushbu jang taxminan 12.00 dan boshlab efirga uzatiladi.

2016 yilda Jahonning eng yaxshi bokschisi deya qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 14.00 da qozog‘istonlik Jomart Erjanga qarshi ringga chiqadi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining bugungi janglari vaqti quyidagicha.

11:00. Murodjon Axmadaliev – Nima Dorji (Butan)

12:00. Sanjar Tursunov – Vasiliy Levit (Qozog‘iston)

14:00. Hasanboy Do‘smatov – Jamart Erjan (Qozog‘iston)

15:40. Elnur Abduraimov – Farrand Papendan (Indoneziya)

16:10. Iqboljon Xoldorov – Fun-Min Pan (Xitoy Taypeyi)

17:20. Isroil Madrimov – Eumir Martsial (Filippin)

19:00. Jasurbek Latipov – Kvinder Bisht (Hindiston)

20:00. Shaxram G‘iyosov – Senhyon Li (Janubiy Koreya)

20:40. Bektemir Meliqo‘ziev – Shabbas Negmatulloev (Tojikiston)

22:00. Baxodir Jalolov – Dohyon Kim (Janubiy Koreya)

 

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishadi.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!