
Bundesliga. "RB Leyptsig" safarda "Gamburg"dan ustun keldi
Kecha Germaniya Bundesligasining 3-turidan o‘rin olgan “Gamburg” hamda “RB Leyptsig” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv kutilganidek mamlakat vitse-chempionlarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob 0:2.
Gamburg – RB Leyptsig 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 67 Keyta, 0:2 – 75 Verner.
“Gamburg” – Mateniya, Dikmayer, Papadopulos, Yung, van Drongelen (Sakai, 71), Ekdal (Shipplok, 74), Uolas, Xan, Xoltbi, Kostich (Valdshmidt, 37), Vud.
“RB Leyptsig” – Gulachi, Bernardo (Klostermann, 59), Orban, Upamekano, Xalstenberg, Keyta, Demme, Zabittser, Bruma (Kampl, 69), Ogyusten (Poulsen, 78), Verner.
Ogohlantirishlar: Keyta (60), Uolas (87).
Fikrlar