Bundesligada ishlaydigan mutaxassislar "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Dinamo" klublarida bo‘lishadi

  • 8 fevral, 2018, 11:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganidek, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashuv chog‘ida OFKning etuk mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning tajribalaridan foydalanish borasida kelishuvga erishgandi.

Tecno

Ana shu kelishuvga ko‘ra, bugun 8 fevral kuni yurtimizga Osiyo futbol Konfederatsiyasining mutaxassislari Joern Shlim va Marsel Isakovich tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bu mutaxassislar aslida Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritishadi. OFK futbol klublarining faoliyatini rivojlantirishda Evropa tajribasidan foydalanish maqsadida Joern Shlim va Marsel Isakovich kabi yuqori malakali mutaxassislarni Osiyo klublariga jalb qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, OFK tomonidan yuborilgan mutaxassislar  12 fevralga qadar mamlakatimizning 4ta klubi - «Paxtakor»,  “Lokomotiv”, “Bunyodkor”  va “Dinamo” Samarqand klublarida bo‘lishadi. Ular bu klub vakillarining litsenziyalash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishib, ularga o‘zlarining amaliy maslahatlarini berishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!