
Bundesligada o‘zini ko‘rsatgan murabbiy endi APLda ish boshlashi mumkin
Xabaringiz bor Angliyaning "Sautgempton" klubi kuni kecha bosh murabbiy Mark Xyuzni iste’foga chiqargan edi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda APL klubi uelslik mutaxassis o‘rniga bir necha mavsum davomida "RB Leyptsig"ni muvaffaqiyatli boshqargan Ralf Xazenxyuttlni olib kelmoqchi. Ular bu borada 51 yoshli avstriyalik mutaxassis bilan kelishuvga ham erishishgan. Unga ko‘ra Xazenxyuttl 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Tottenxem” – “Sautgempton” uchrashuviga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, “Sautgempton” ayni damda APLda 9 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar