“Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvi oldidan qiziqarli faktlar!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 30 sentyabr, shanba kuni oliy liganing 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs qizg‘in va tomoshabop ruh ostida o‘tishi kutilmoqda. Bo‘lajak o‘yin olidan e’tiboringizga qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Bu haqda "Buxoro" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

BEKOBOD JAMOASI HAQIDA QISQAChA

Toshkent viloyati, Bekobod shahri jamoasi bo‘lmish “Metallurg” futbol klubiga 1945 yili asos solingan. Jamoaning nomi 1945 yildan to 1968 yilga qadar “Bekobod” deya yuritilgan. 1969-1991 yilllar davomida “Tsementchi” deya atalgan. 1992-1997 yillar oralig‘ida esa “Mavdanchi” nomi berilgan. 1998 yildan to shu kunga qadar esa “Metallurg” nomi ostida chempionatda ishtirok etib kelmoqda.

“Metallurg”ning oliy ligadagi ishtirokiga yaqinda 20 yil to‘ladi. 

Jamoaning oliy ligada egallagan eng yuqori o‘rni 5-o‘rindir. 2002 yilgi mavsumni bekobodliklar yuqori notada o‘tkazgandi.

Bosh murabbiy Rustam Mirsodiqovning 2008 yildan buyon “Metallurg”ni boshqarib kelayotgani tahsinga loyiqdir. Bir jamoani uzoq vaqt boshqarish borasida Rustam To‘xtamurodovich hozirgi kunda oliy liga klublarining murabbiylariga yaxshigina saboq bermoqda. 

O‘TTIZ SAKKIZINChI TO‘QNAShUV

“Buxoro” va “Metallurg”  shu kungacha o‘zaro 37 marta to‘qnash kelgan. Demak ertangi bahs ularning 38-qarama-qarshiligidir. O‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra ustunlik birozgina bekobodliklar tomonida. Sababi “Metallurg” 17ta bahsda muvaffaqiyat qozongan. “Buxoro”ning esa 16ta uchrashuvda qo‘li baland kelgan. Qolgan 4ta o‘yinda tomonlar durangga imzo chekkan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik buxorliklardar. 37ta uchrashuvda 52ta gol! “Metallurg” esa 51ta to‘p kiritgan. “Buxoro”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:0ga teng bo‘lsa, “Metallurg”da bu borada ko‘rsatkich, 3:0.

O‘zaro o‘yinlarda “Buxoro” 52 ochko jamg‘argan. Bekobodliklar esa 55ta.

TARIXGA NAZAR

Quyida ushbu jamoalarning barcha to‘qnashuvlaridagi qayd etilgan natijalarni keltirib o‘tamiz.

24.05.1998 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 2:1

10.09.1998 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 0:0

01.06.1999 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 3:0

21.08.1999 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 1:0

24.05.2000 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 1:0

26.08.2000 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 4:2

23.06.2001 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 3:0

31.07.2001 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:0

22.06.2002 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 4:2

10.08.2002 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:1

26.04.2003 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 3:1

27.09.2003 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 4:0

10.03.2004 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 3:0

13.11.2004 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 2:0

01.07.2005 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:0

05.08.2005 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 3:1

15.04.2006 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:0

24.09.2006 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 0:0

27.06.2007 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 2:1

06.08.2007 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:0

05.04.2008 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:1

08.11.2008 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 0:1

04.04.2009 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 0:1

25.10.2009 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:1

15.06.2011 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 2:1

05.08.2011 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 3:2

13.05.2012 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:0

14.09.2012 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 2:1

29.06.2013 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:1

10.08.2013 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 3:1

05.04.2014 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 2:1

22.08.2014 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 2:1

18.06.2015 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 0:3

30.10.2015 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 1:2

07.05.2016 yil

“Buxoro” – “Metallurg” 0:0

24.09.2016 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 1:2

29.04.2017 yil

“Metallurg” – “Buxoro” 1:2

BIRINChI DAVRADA “BUXORO”NING QO‘LI BALAND KELGANDI

29.04.2017. 8-tur.

“Metallurg” – “Buxoro” - 1:2 (0:1)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!