"Buxoro" murabbiyi: Imkoniyatimiz boricha o‘ynayapmiz
Bundan biroz avval yakuniga etgan “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar katta murabbiyi Shuhrat Fayziev quyidagicha fikr bildirdi.
- Biz uchun biroz qiyin uchrashuv bo‘ldi. Raqib ancha yaxshi o‘yin namoyish etdi. Endi e’tiborni keyingi o‘yinlarga qaratamiz. Hozir sekin-asta o‘zimizning buxorolik yosh futbolchilarni ham tarbiyalab, tarkibga jalb etishga harakat qilyapmiz. Nasib etsa, yaqin vaqt ichida Buxorodan ham yaxshi yosh iste’dodlar etishib, katta futbolchilar chiqadi. Hozircha imkoniyatdan kelib chiqib o‘yin namoyish etyapmiz.

Fikrlar