
Byorndalen biatlon bo‘yicha Belarus terma jamoasi murabbiylar shtabiga kiritildi
Biatlon bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni norvegiyalik Ule-Eynar Byorndalenning sportchi sifatida Koreya Olimpiadasiga bora olmagach, rafiqasi belaruslik Darya Domrachevani qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyoga kelishi haqida xabar bergan edik.
Kuni kecha Belarus Olimpiya qo‘mitasi XOQga norvegiyalik sportchini terma jamoa murabbiyi sifatida delegatsiyasiga qo‘shish uchun qo‘shimcha o‘rin ajratish so‘rab rasmiy xat jo‘natgan edi. Ma’lum bo‘lishicha XOQ bu so‘rovni ijobiy hal etgan va Byorndalen Olimpiadaga murabbiy sifatida boradigan bo‘ldi.
Fikrlar