Ceul sambo bo‘yicha JCh-2019 turniriga mezbonlik qiladi

CHERY AUTO

Sambo bo‘yicha 2019 yilgi jahon chempionati Seulda (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tadi. Xalqaro sambo federatsiyasi tomonidan Janubiy Koreya poytaxti jahon chempionati mezboni sifatida rasman tasdiqlandi.

Ushbu qaror tashkilotning Buxarestdagi JCh-2018 turniri ochilish oldidan o‘tkazilgan kongressida qabul qilingan.

Sambo bo‘yicha birinchi dunyo birinchiligi 1973 yili Tehronda (Eron) tashkil etilgan. 1981 yildan beri turnir har yili o‘tkazib kelinadi. 1983 yildan beri ayollar o‘rtasida ham jahon chempionati o‘tkaziladi. 2007 yili chempionati dasturiga erkaklar o‘rtasida jangovar sambo ham qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!