«Chelsi» – «Sautgempton» o‘yinidan chiqarilgan to‘rt xulosa

  • 3 yanvar, 2019, 15:26
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Chelsi» Premer Liganing navbatdagi turida «Sautgempton»ga qarshi bahs olib bordi va unda kutilmaganda Sarri shogirdlari nursiz durangga imzo chekishdi. Natijada londonliklar qimmatli ochkolarni yo‘qotdi va turnir peshqadamlarini ta’qib qilishda, umuman chempionlik poygasidan borgan sari chiqib ketmoqda.

Tecno

Maurisio Sarri jamoasi o‘z uyidagi uchrashuvda to‘liq hukmronlik qilganiga qaramay yaxshi himoyani tashkillashtira olgan mehmonlar darvozasiga yo‘l topa olmadi. Xo‘sh, ushbu uchrashuvdan qanday xulosalarni chiqarish mumkin?

  1. Carrismo «devori» mustahkamligini yo‘qotmoqda

«Chelsi» boshqaruviga yozda Sarri kelganidan beri ancha ijobiy futbol namoyish qilmoqda. Konte qo‘li ostidagi himoyaviy uslubdan yangi bosqichga ko‘tarilib olishdi.

Ammo «ko‘klar» shundan keyin himoyani tashkil qilishda oqsay boshladi. «Stemford Bridj»da kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida londonliklar 73 % natija bilan to‘pga egalik qildi. To‘qqiz marta raqib darvozasini nishonga oldi. Ular darhaqiqat mehmonlar darvozabonini imtixondan o‘tkazishdi.

Shuningdek, mezbonlar zaxira o‘rindig‘ida kuchli hujumchining yo‘qligi ham pand berdi. Ruben Loftus-Chik maydonni erta tark etishiga to‘g‘ri kelganida o‘yinga Sesk Fabregas tushirildi.

Ammo bu o‘zgarish «aristokratlar»ga naf keltirmadi. 2019-yilni ham ular o‘tgan yildagidek gol ura olmasdan boshladi. Qatorasiga ikki uy uchrashuvida ham birorta gol urishning uddasidan chiqa olishmadi.

  1. Ralfning navbatdagi «revolyutsiyasi»

«Sautgempton» jamoaga deabr oyida Ralf Xazenxyuttl kelganidan beri sezilarli o‘zgara boshladi. Chorshanba kungi o‘yin ular to‘g‘ri yo‘nalishga chiqib olganini ko‘rsatib berdi.

«Arsenal»ni 3-2 hisobida mag‘lub etgan avstriyalik murabbiy «Manchester Siti»dan 3-1 hisobida dog‘da qoldi. «Avliyolar» muxlislari Gvardiola jamoasidan navbatdagi qaqshatkich mag‘lubiyatni kutishgani rost. Ammo hisob birinchi davradagidan ancha kamtarona bo‘ldi.

Ammo «Sautgempton» «Siti»ga qarshi o‘yindan kerakli xulosalarni chiqardi va ular kabi o‘yin uslubiga ega «Chelsi»ga qarshi boshqacha o‘yin ko‘rsatishdi. Maydon egalariga tashabbusni berib qo‘ygan mehmonlar “ko‘klar”ga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Sarri shogirdlari jarima maydonchasiga kirishning yo‘lini topishganida ham «avliyolar» himoyasi yaxshi harakatlandi. Ngolo Kantening xavfli zarbasini Mayya Yoshida yo‘qqa chiqarganini eslatib o‘tish kifoya.

Ralf jamoasi kuchli raqibdan ochko tortib olganidan keyin mavsumni qutqarib qolishi uchun shunday ruxda davom etishlari shart.

  1. «Chelsi» Pulishichning transferini qayta o‘ylab ko‘rishi zarur

Chorshanba kuni ertalab qishki transfer bozorining dastlabki «bombasi» sodir bo‘ldi. Londonliklar «Borussiya Dortmund» vakili Kristian Pulishichni 58 million funtga sotib olganini e’lon qildi. Ammo 20 yoshli vinger mavsum yakunigacha yana dortmundliklarga ijaraga qaytarildi. U endi yozda yangi klubiga kelib qo‘shiladi.

Ammo «Chelsi» shu tariqa katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Boisi Sarrida jarohatlar epidemiyasi boshlangan bir paytda yangi vakilini nemis klubida qoldirish varianti yaxshi emas. «Ko‘klar» allaqchon Pedro, Viktor Mozes va Xadson-Odoilarsiz o‘ynashga majbur bo‘lib kelmoqda. Kechagi o‘yinda tarkibda vinger sifatida Eden Azar va Villianlargina qolishgan.

37-daqiqada esa Azar yagona sog‘lom vinger bo‘lib qoldi. Jarohat olgan Villian esa maydonni tark etdi.

Braziliyalik futbolchining o‘rniga tushirilgan Loftus-Chik ham qarangki jarohat olib maydonni erta yakunladi.

Xadson-Odoi yaqin bir necha haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

  1. Angus Gann Angliya termasiga nomzod!

Kechagi o‘yin «Sautgempton» darvozaboni Angus Gann uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U Premer Ligadagi debyutini 23 yoshini qarshilash arafasida amalga oshirdi.

22 yosh va 346 kunlik bo‘lgan Gann 2016-yilda Premer Ligada debyut qilgan Jordan Pikforddan (21 yosh 315 kun) keyingi yosh posbonga aylandi. Endi Gann ham terma jamoada Pikfordga raqobatchilik qilishi mumkin.

Iste’dodli yosh darvozabon o‘tgan yili yozda «Manchester Siti»dan kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumni esa u Chempionship vakili «Norvich Siti»da ijarada o‘tkazgandi. «Avliyolar» safida esa Liga Kubogining uch o‘yinida maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

Premer Ligada birorta o‘yin o‘tkazmagan Gann uchun kechagi «quruq o‘yin» ancha yaxshi natija hisoblanadi. Boz ustiga u Azarning ikki aniq zarbasini qaytarib seyv ijro etdi.

O‘yindan oldin jamoa bosh murabbiyi uni «Derbi Kaunti»ga qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibda tushishini tasdiqladi. Ammo «Chelsi»ga qarshi ko‘rsatgan mahoratidan keyin o‘z omadini yana sinab ko‘rishi aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
03/01/2019 17:27
Сарри хали яхши урнашиб олмаганлигини куриниб турибди