
"Chelsi" Azarni yana ortga qaytarmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi “Borussiya” Myunxengladbaxda to‘p surayotgan sobiq yarim himoyachisi Torgan Azarni yana “Stemford Brij”ga qaytarmoqchi.
Bild nashrining xabar berishicha “aristokratlar” 25 yoshli belgiyalik futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Azarlarning kichigi bilan “Liverpul” jiddiy muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Torgan Azar “Borussiya M” safiga 2015 yil 8 mln evro evaziga aynan “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 38 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar