"Chelsi" Azarning o‘rniga Pulishichni olib kelmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Kristian Pulishich "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 20 yoshli AQShlik futbolchini o‘zining belgiyalik futbolchisi Eden Azarga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Aytish lozimki, Azar mavsum yakunlangach “Chelsi”dan ketishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pulishich joriy mavsum “Borussiya” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan. Transfer bahosi esa 80 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar