
"Chelsi" Drinkuoter uchun "Lester"ga 35 mln funt taklif qilmoqda
Avval xabar berganimizdek Londonning “Chelsi” klubi yozgi transferlar derazasi yopilguniga qadar “Lester” yarim himoyachisi Deniel Drinkuoterni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bu borada “tulkilar”ga 35 million funtlik taklif yuborishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 27 yoshli angliyalik futbolchi “Lester” rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘rab murojaat qilgan edi. Biroq, klub uni 40 mln funtdan kamiga qo‘yib yubormasligini bildirgan. Uning “tulkilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” bundan tashqari bugun yana 2ta transferni amalga oshirmoqchi. Aniqrog‘i, ular “Everton”dan Ross Barklini hamda “Suonsi”dan Fernando Lorentelarni sotib olishmoqchi.
Fikrlar