
"Chelsi" "Everton" hujumchisiga qiziqib qoldi
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati mavsum yakunlangach jamoani tark etishi kutilayotgan vinger Eden Azarning o‘rniga yana bir nomzod topdi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar”ning e’tibori bu borada “Everton” forvardi Risharlisonga tushib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” Azarning o‘rniga “Barselona” vingeri Filippe Koutinoning nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum “Everton” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar