"Chelsi" Losano uchun kurashda favoritga aylanib oldi

  • 3 yanvar, 2019, 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSV Eynxoven hujumchisi Irving Losano uchun navbatdagi grand klub kurash boshladi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Chelsi" 23 yoshli meksikalik futbolchi uchun gollandiyaliklarga 40 mln evro taklif qilishga tayyor. Eslatib o‘tish lozimki bundan avvalroq gollandiyaliklar Losanoni 35 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak "aristokratlar" ushbu futbolchi uchun kurashda favoritga aylanib olishdi.

Losano uchun shuningdek "Milan" va "Napoli" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Losano joriy mavsum PSV safida jami 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning eyndxovenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!