"Chelsi" Moratani sotishga tayyor
Londonning "Chelsi" klubi o‘zining ispaniyalik hujumchisi Alvaro Morataning transferi bo‘yicha aniq takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi o‘zini transferga qo‘yish masalasidagi roziligini jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarriga aytgan. Unga ayni damda asosiy da’vogar “Milan” hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Morata joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning narxi 50 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar