"Chelsi" Pulishichning transferini rasman e’lon qildi

  • 2 yanvar, 2019, 15:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Kristian Pulishich rasman "Chelsi" futbolchisiga aylandi.

Tecno

“Aristokratlar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli AQShlik futbolchining transferi ularga 64 mln evroga tushgan. Biroq, Pulishich yangi jamoasiga yozda ko‘chib o‘tadi. Ungacha esa mavsumni ijara asosida dortmundliklar safida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Pulishich “Borussiya” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jamoada 115ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 24ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
02/01/2019 17:11
Боруссия учун жуда даромадли трансфер
Anjanlik
02/01/2019 18:22
Rostanam 20 yoshli futbolchi uchun bu juda katta pul