
"Chelsi" futbolchisini frantsuz klubiga ijaraga berib yubordi
Frantsiyaning "Nant" klubi tvitterdagi rasmiy sahifasida "Chelsi" himoyachisi Mett Miazgani o‘z safiga qo‘shib olgani haqida e’lon qildi.
Xabarda aytilishicha frantsuz klubi 23 yoshli AQShlik futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan. Miazga esa yangi jamoasida o‘ziga 13-raqamni tanlagan.
Ma’lumot uchun, Miazga 2016 yildan buyon “Chelsi” a’zosi hisoblanadi. Biroq, u o‘tgan ikki mavsumni Gollandiyaning “Vitéss” klubida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar