"Chelsi" ham A Seriya to‘purari uchun kurashga qo‘shildi

  • 14 oktabr, 2018, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Jenoa" klubi forvardi Kshishtof Pentek faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Londonning “Chelsi” klubi 23 yoshli polshalik futbolchi uchun genuyaliklarga 50 million evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Jenoa”ning o‘zi ham qishda Pentekni yaxshigina mablag‘ evaziga sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum A Seriyada jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Unga shuningdek Kataloniyaning "Barselona" klubidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!