"Chelsi" qishda "Yuventus" himoyachisini qo‘lga kiritishga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi

  • 12 oktabr, 2017, 17:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi hamon “Yuventus” himoyachisi Aleks Sandroni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda “aristokratlar” bosh murabbiyi Antonio Konte qishda jamoaga tajribali chap qanot himoyachisi sotib olishni rejalashtirgan va bu borada yana Sandroning nomzodi ilgari surilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir qator top klublaridan jiddiy takliflar bo‘layotganiga qaramay braziliyalik futbolchi Turin super klubi bilan amaldagi shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, agar londonliklar Sandroni qo‘lga kirita olishmasa, u holda hamshahari “Tottenxem” himoyachisi Denni Rouzni sotib oladi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” o‘tgan yozgi transferlar “Chelsi”ning Sandro borasidagi 60 million evrolik taklifini rad etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!