
"Chelsi"ga Kovachich yoqmadi
"Chelsi"da to‘p surayotgan yarim himoyachi Mateo Kovachich joriy mavsum yakunlangach yana "Real"ga qaytadi.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli xorvatiyalik futbolchi “aristokratlar” murabbiylarining ishonchini oqlay olmayapti va shu bois rahbariyat uni ijara muddati yakuniga etgach yana “qirollik klubi”ga qaytarib yuborishmoqchi.
Ta’kidlash lozimki, “Chelsi” ustozi Mauritsio Sarri ushbu pozitsiyada Ross Barkli hamda Ruben Loftus-Chiklarga ko‘proq imkon bermoqchi.
Ma’lumot uchun, Kovachich joriy mavsum “Chelsi” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar