Chempionatga eng kuchlilar yo‘l oladi
Iyun oyining 15-22 sanalarida o‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Ayni kunlarda esa barcha viloyatlarda mazkur musobaqalarga saralash vazifasini o‘tovchi bahslar tashkil etilmoqda.
- O‘zbekiston miliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan har bir sport federatsiyalari oldiga eng sara va kuchli sportchilarni mamlakat chempionatiga jalb etish vazifasi yuklatilgan. Bu orqali murabbiylarimiz terma jamoaga munosib nomzodlarni saralab oladi, - deydi O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi bosh kotibi J.Atabullaev.
Kecha mamlakat chempionatiga saralash maqomidagi Toshkent shahar chempionati ham start oldi. Barcha g‘oliblar nomi bugun, ikki xil mashqlar - pnevmatik tupponcha va pnevmatik miltiqlarda belgilangan masofalardagi nishonga o‘q uzish orqali aniqlanadi.





Fikrlar