Chirchiqda eng kuchli polvonlar bahsi o‘tkaziladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

28-31 mart kunlari Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining SPORTS.uz internet-axborot portaliga ma’lum qilishicha, qiziqarli o‘tishi kutilayotgan ushbu musobaqada Adhamjon Ergashev, Ulug‘bek Alimov, Shodilbek Ergashev, Farhodbek Sobirov, rustam Jangabaev kabi sportchilar ham ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, oldinroq Chirchiq shahrida yurtimizdagi eng sara o‘smirlar aniqlangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!