Dana Uayt: Xabibni juda qattiq jazolashdi
UFC prezidenti Dana Uayt Nevada atletik komissiyasining Xabib Nurmagomedovning faoliyati borasida qaroriga o‘z fikrini bildirdi.
- Albatta, 500 ming dollar va 6 oylik diskvalifikatsiya bu juda qattiq jazodir. Bunday qaror meni hayron qoldirdi.
NSAC jangchilarni haqoratlar uchun jazolamoqchi. Bu noto‘g‘ri, ba’zan sportchilar orasida o‘zaro nohurmatsizlikni oktagonda va uning tashqarisida ko‘rsatishadi, - deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Fighting.
Avvalroq, AQShning Nevada shtati atletik komissiyasi UFC 229 turnirida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv natijalari borasida qaror qabul qilganligi haqida xabar bergandik.
Fikrlar