Dani Alves yana La Ligaga qaytishi mumkin

  • 3 iyun, 2018, 19:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi himoyachisi Dani Alves yana Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

RMC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli braziliyalik futbolchiga sobiq jamoasi – “Sevilya” qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida parijliklar ham yoshi ancha o‘tib qolgan va katta maosh oladigan Alvesni o‘zida ushlab turishmoqchi emas. Qolaversa u mavsum yakunida jiddiy jarohat olib, JCh-2018ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Alves yakunlangan mavsum PSJ safida jami 41ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. U 2003-2008 yillarda “Sevilya” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!