Dani Sebalos: "Real" - har doim favorit
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos ayni damda yuzaga kelgan inqirozga qaramay “qirollik klubi”ni Chempionlar ligasi favoriti deb aytdi.
“Bu mavsum bizda futbolchilarning jarohat olishlari juda ko‘p bo‘ldi. Bunday holatda esa barqaror o‘yin ko‘rsatish juda qiyin.
Ayni damda ko‘pchilik bizni Chempionlar ligasida favoritlar qatoriga qo‘shmayapti. Ammo bularning bari yolg‘on. “Real” – har doim favorit", - deydi Sebalos.
Eslatib o‘tamiz, “Real” 1/8 finalida “Ayaks”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar