
David Goffin frantsiyalik tennischi oldida ojiz qoldi
Belgiyalik tennischi David Goffin "ABN AMRO World Tennis Tournament" musobaqasining birinchi davrasida mag‘lub bo‘ldi.
Rotterdam shahrida o‘tgan ushbu uchrashuvda David kutilmaganda frantsiyalik Gael Monfisga 6:7, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Monfis, navbatdagi bosqichda italiyalik Andreas Seppiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar