David Luiz sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 11 yanvar, 2019, 17:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luizga Portugaliyadan ham takliflar bo‘lmoqda.

Tecno

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan “Benfika” shartnoma imzolamoqchi. Lissabonliklar uni mavsum yakunlangach, ya’ni “aristokratlar” bilan shartnomasi tugagach erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Luizga Braziliyaning “Palmeyres” klubidan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Luis uchun “Benfika” u qadar begona emas. Boisi, u 2007-2011 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!