Davronbek Sattorov ham Toshkent Gran prisi bronza medali sohibiga aylandi
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuni ham o‘zining hal qiulvchi pallasiga yaqinlashmoqda.
Ayni paytda -100 kg vazn toifasidagi polvonlar medallar uchun tatamiga ko‘tarilishmoqda. Ushbu vazn toifasining bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda hamyurtimiz Davronbek Sattorov belaruslik Mikita Sviridga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan bahsda sportchimiz raqibi ustidan ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi va sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.

Fikrlar