
De Bryuyne va Sterling "Arsenal"ga qarshi o‘ynay olishadi
"Manchester Siti" klubi etakchilari Kevin De Bryuyne va Raxim Sterlinglar ertaga APLning ilk turida "Arsenal"ga qarshi bahsda ishtirok etishlari mumkin. Bu haqda “shaharliklar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Gap shundaki, yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala futbolchining ta’tildan qaytib kelganiga hali bir hafta ham bo‘lmadi. Biroq, murabbiy ulardan ushbu bahsda foydalanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvi 12 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar