
Denis Istomin musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Nyu-York shahridagi musobaqaning ilk davrasida kortga chiqdi.
Denis mazkur bahsda amerikalik Makkenzi Makdonald bilan raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda tennischimiz raqibini 4:6, 6:2 6:3 hisobida taslim qildi
Endi "New York Open" turnirining ikkinchi davrasida Istomin amerikalik boshqa bir tennischi Reylli Opelkaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar