
Denis Istominni mag‘lub qilgan Laslo bugun kortga chiqadi
"J.Safra Sarasin Swiss Open Gstaad" turniriga mezbonlik qilayotgan Gshtaad shahrida erkak tennischilar chorak final yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.
Unda Xorvatiyalik Viktor Galovich kanadalik Feliks Oje Alyassim bilan raqobatlashib, yakunda 3:6, 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Birinchi davrada hamyurtimiz Denis Istominni mag‘lub qilgan serbiyalik tennischi Laslo Dere bir ozdan so‘ngi xorvatiyalik Borna Chorichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar