
Denis Istominning yarim finaldagi raqibi kim?
Bugun Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun dasturida tennis bo‘yicha yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi. Xabar berganimizdek, yurtdoshimiz Jo‘rabek Karimov hamda xitoylik Yibing Vu o‘rtasidagi bahs bu bosqichning so‘nggi o‘yini edi.
Bosqich yakuniga ko‘ra, hamyurtimiz Denis Istomin yarim finalda hindistonlik Prajnesh Gunnesvaran bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. Hindistonlik raketka ustasi chorak finalda Janubiy Koreya vakilini 3 setda dog‘da qoldirishga erishgan. Jo‘rabek Karimovni mag‘lub etgan Yibing Vu hamda janubiy koreyalik boshqa bir tennischi Dakxi Li ikkinchi yarim final juftligini tashkil qilgan.
Osiyo o‘yinlari. Tennis. 1/2 final juftliklari:
Denis Istomin (O‘zbekiston) – Prajnesh Gunnesvaran (Hindiston)
Yibing Vu (Xitoy) – Dakxi Li (Janubiy Koreya)
Fikrlar