
Deulofeu "Uotford" safida so‘nggi 33 yilda ilk bor APLda xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi
Xabaringiz bor kecha APLning 27-turida “Uotford” safarda “Kardiff”ni 5:1 hisobida engdi.
Shu kuni mehmonlar yarim himoyachisi Jerar Deulofeu 3ta gol urishga erishdi. E’tiborlisi, ispaniyalik futbolchi shu tariqa 1986 yildan buyon “Uotford” safida Angliya chempionatida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Uotford” kechagi g‘alabadan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolar sonini 40taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. Hisobida 25 ochko bo‘lgan “Kardiff” esa jadvalning 17-pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar