Deyan Lovren: Kloppning fikrlariga qo‘shilaman, Millatlar ligasi – bema’ni turnir
“Liverpul” klubi va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Deyan Lovren UEFA Millatlar ligasi musobaqasi haqida tanqidiy fikrlar bildirdi.
“Men Yurgen Kloppning fikrlariga qo‘shilaman. Millatlar ligasi – bema’ni turnir. Bu o‘yinlarda hech qanday mantiq yo‘q. Bu haqiqiy musobaqa emas. Siz bu o‘yinlarni qanday istasangiz shunday ta’riflashingiz mumkin, Biroq, dalil, dalilligicha qoladi. Bularning bari shunchaki o‘rtoqlik o‘yinlari holos”, - deydi Lovren.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Yurgen Klopp ham ushbu musobaqani be’mani turnir deb atagan edi.

Fikrlar