Di Mariya: Mbappe bir kun kelib albatta "Oltin to‘p"ni oladi
PSJ klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya jamoadoshi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kilian – haqiqiy fenomen. U “Monako”dan ko‘chib o‘tganidan buyon juda katta o‘sishga erishdi. U jahon chempionatini fantastik o‘tkazdi.
Agar u xuddi shu ruhda o‘sishda davom etsa va atrofida kuchli futbolchilar bo‘lsa, yakunda baribir “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe JCh-2018 ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.



Fikrlar