“Dinamo” – “Neftchi”: 46-uchrashuv kimga ataladi?

  • 08.11.2017 14:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

28-turning e’tiborli o‘yinlaridan biri Samarqandda «Dinamo» va «Neftchi» o‘rtasida kechadi. Ushbu uchrashuv jamoalarning oliy liga tarixidagi 46-uchrashuvi sifatida qoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

«DINAMO» - «NEFTChI» UChRAShUVI TANTAShEVGA TOPShIRILDI

Oliy liga 28-turi doirasidagi «Dinamo» - «Neftchi» uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ma’lum qilindi.

PFL bergan ro‘yxatga ko‘ra, Samarqanddagi uchrashuvni buxorolik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Rustam Serazetdinov va Andrey Tsapenko yordam berib borishadi. Uchrashuv nazoratchisi sifatida Dmitriy Roman ishlasa, PFL vakili sifatida Aleksey Frolov tayinlangan.

Oliy liga. 28-tur.

8 noyabr (chorshanba)

“Dinamo” (Samarqand) – “Neftchi” (Farg‘ona)

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), R. Serazitdinov (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent vil.), R. Abdivohidov (Qarshi).

Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

PFL vakili: A. Frolov.

O‘ZARO O‘YINLAR: USTUNLIK «NEFTChI»DA

1960 yilda tashkil topgan «Dinamo» va 1962 yilda tashkil etilgan «Neftchi» oliy liga tarixida o‘zaro 45 marta kuch sinashishgan. Natijalar farg‘onaliklarning kattagina ustunligini ko‘rsatmoqda. "Neftchi" 45 bahsning 31 tasida g‘alaba qozonishgan. 11 uchrashuvda “Dinamo”ning qo‘li baland kelgan. Uchta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar farqi ham tabiiyki “Neftchi” foydasiga 86-39. O‘zaro o‘inlarda “Neftchi” 96 ochoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Dinamo” 36 ochkoga ega bo‘lgan.

1-DAVRA: «DINAMO» FARG‘ONADAN G‘ALABA BILAN QAYTGAN

Ushbu klublarning joriy mavsum birinchi davradagi uchrashuvlari Farg‘onada o‘tib, «Neftchi» Vadim Abramov qo‘l ostidagi debyut o‘yinni «Dinamo»ga qarshi o‘tkazgandi. Mazkur bellashuvda «Dinamo» mavsumdagi uchinchi safar g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. Samarqandliklarning golllariga Jasur Azimov, Orif Mamajonov va Amirjon Safarov mualliflik qilgan, «Neftchi»ning ikki goli Muydin Mamazulunov va Sherzod Hakimov nomiga yozilgan.

Oliy Liga. 13-tur: «Neftchi» - «Dinamo» - 2:3.

Samarqandda o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:

09.23.2015 «Dinamo» - «Neftchi» 0:1

17.10.2014 «Dinamo» - «Neftchi» 0:0

08.11.2013 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0

17.11.2012 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0

09.09.2011 «Dinamo» - «Neftchi» 2:0

15.05.2010 «Dinamo» - «Neftchi» 3:1

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt:

“Dinamo” o‘z uyida bu raqibga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda 9 marta zafar quchgan. Bir marta durang qayd etilgan. 12 ta uchrashuvda “Neftchi” Samarqandda g‘olib bo‘lgan. Oxirgi 5 ta o‘yinda “Neftchi” safarda «Dinamo» darvozasiga 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!