Dunyoni lol qoldirgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tailandning Bangkok shahrida muaytayning (WMF) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan XV jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 9 kumush hamda 5 bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali kutib oldi. 

Dunyoning 42 davlatidan kelgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatda vazn 75 kilogramm vazn toifasida Temur Jabborov oltin medal bilan birgalikda yarim professional muaytaychilar o‘rtasida chempionlik kamariga ega bo‘ldi

Barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Shohruz Jo‘raev, Shahriyor Jo‘raev, Sarvarbek Shermuhammedov, Bahodir Askarjonov, Bahromjon Tog‘aev, Kamron Husanov, Mironshoh Ubaydullaev, Nurbek Ibrohimov, Temur Nizomiddinov o‘z yosh hamda vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatida finalga qadar janglarda g‘alaba qozongan Mavlonbek, Jovliev, Dilshodbek Xolmirzaev, Nurislom Azimov, Shahboz Mo‘ydinov, Boburbek Hakimov, Abdurashid Bahtiyorov, Temur Allamurodov, Temur Bulyakov, Madinabonu Qodirova kumush medali sohibi bo‘ldi. Shuningdek, Parvizjon Asrorov, Jahongir Inomjonov, Qobiljon Hojiev, Munisxon Muhammadiev va Abdulhay Karimov bronza medal bilan taqdirlandi.

Jahon chempionatida terma jamoamiz umujamoa o‘rtasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!