Dushanbedan daraklar. OFK Kubogi final uchrashuvidan maxsus videolavha

  • 6 noyabr, 2017, 18:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hisor: Tojikistonning "Istiqlol" klubi ikkinchi bor OFK Kubogi final bahsini o‘z maydonida qabul qildi. 2015 yilgi final uchrashuvida chempionlikdan quruq qolgan dushanbeliklar bu safar ham qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berib qo‘ydi.

Ushbu qarama-qarshilikka guvoh bo‘lish uchun Hisor stadioniga 20 ming muxlis tashrif buyurdi. Tribunalar tomoshabinlar bilan to‘lib toshib ketgan bo‘lsa ham muxlislar oqimi to‘xtamas edi.

Hayqiriqlar, qo‘shiqlar va stadion bo‘ylab jonli to‘lqinlar... Bu ajoyib muhit mezbonlar to‘p o‘tkazib yubormagunga qadar davom etdi...

Iroqlik hujumchi Emad Muhsin tomonidan urilgan yagona gol Eyr Fors jamoasiga bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun etarli bo‘ldi. Amaldagi chempionlar bu yilgi mavsumda ham chempionlik maqomini saqlab qoldi.

Quyida SPORTS.uz muxbirining OFK Kubogi final uchrashuvidan tayyorlagan maxsus videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.

Yoqubjon Soxibov
Hisor, Dushanbe, Tojikiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!