Dzyudo bo‘yicha fevral oyi reytingi e’lon qilindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi fevral oyi uchun sportchilarning yangi reyting jadvalini e’lon qildi. 2017 yilning ilk oyida hamyurtlarimizning egallab turgan o‘rinlarida bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan.

Xususan, -60 kilogramm vazn toifasidagi sportchimiz Diyorbek O‘rozboev o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab  turibdi.

-60 kg

1.  Eldos Smetov (Qozog‘iston) - 1852 ochko

2.  Diyorbek O‘rozboev (O‘zbekiston) - 1772 ochko

3.  Orxan Safarov (Ozarboyjon) – 1772 ochko

Rishod Sobirov esa aksincha, yana bir pog‘ona balandlagan. Ya’ni o‘tgan oyda egallagan 8-o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, 7-o‘ringa ko‘tarilgan.

-66 kg

1. An Baul (Janubiy Koreya) - 2710 ochko

2. Fabio Bazile (Italiya) - 1722 ochko

3. Tumurxuleg Daavadorj (Mo‘g‘uliston) - 1680 ochko

7. Rishod Sobirov (O‘zbekiston) - 1092 ochko

Reytingning  -73 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarida esa u qadar katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi. Ya’ni Mirali Sharipov  14-o‘rindan 12-o‘ringa yuqorilagan bo‘lsa, G‘iyosjon Boboev  Mirali Sharipovning o‘tgan oydagi o‘rnini egalladi.

Shuningdek, Mirzohid Farmonov 55-o‘rindan 52 o‘ringa ko‘tirilgan bo‘lsa, yana bir vakilimiz Sharofiddin Boltaboev o‘z 63-o‘rindan 66-o‘ringa pastlagan.  

-73 kg

1. Ruslan Oruxov (Ozarboyjon) - 2950 ochko

2. Xashimoto Soichi (Yaponiya) - 1931 ochko

3. Ono Shoxei (Yaponiya) - 1900 ochko

14. Mirali Sharipov (O‘zbekiston) -  1060 ochko

17. G‘iyosjon Boboev (O‘zbekiston) - 906 ochko

55. Mirzohid Farmonov - 301 ochko

63. Sharofiddin Boltaboev - 244 ochko

-81 kilogramm vazn toifasida ham reytingda o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Aniqrog‘i, o‘tgan oyda 28-o‘rinda qayd etilgan Shahzodbek Sobirov bir pog‘ona yuqorilagan bo‘lsa, yanvar oyida 55-o‘rinni band etgan Davlat Bobonov ham 53-o‘ringa ko‘tarilgan.

-81 kg

1. Takanori Nagase (Yaponiya) - 2301 ochko

2. Hasan Xolmirzaev (Rossiya) - 2000 ochko

3. Travis Stivens (AQSh) – 1859 ochko

27. Shahzodbek Sobirov (O‘zbekiston) - 626 ochko

52. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 302 ochko

-90 kilogramm vazn toifasida ham boshqalardagi kabi hamyurtlarimizning reytingida o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘tgan oyda 27-o‘rinni band etgan Sherali Jo‘raev 30-o‘ringa tushgan bo‘lsa,Yahyo Imomov o‘tgan oyga nisbatan 1 pog‘ona ko‘tarilgan.

Shuningdek, Dilshodbek Choriev ham 68-o‘rindan 66-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Davronbek Sattorov hozircha o‘z o‘rnini o‘zgartirganicha yo‘q. 

-90 kg

1. Mashu Baker (Yaponiya) - 2680 ochko

2. Markus Neyman (Shvetsiya) - 2181 ochko

3. Varlam Liparteliani (Gruziya) – 1890 ochko

30. Sherali Jo‘raev (O‘zbekiston) - 548 ochko

49. Yahyo Imomov (O‘zbekiston) -336 ochko

60. Davronbek Sattorov (O‘zbekiston) – 254 ochko

66. Dilshod Choriev (O‘zbekiston) – 230 ochko

100 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida hamyurtlarimizdan Soyib Qurbonov yana bir pog‘ona yuqorilab 14-o‘rinni egallab turganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu reytingda Ramziddin Saidov 37-o‘rindan 38-o‘ringa pastlagan bo‘lsa, Erkin Doniyorov ham 78-o‘rindan 79-o‘ringa pastlagan.

-100 kg

1.    Elmar Gasimov (Ozarboyjon) - 2390 ochko

2.    Mare Kiril (Frantsiya) - 2112 ochko

3.    Lukas Krpalek (Chexiya) - 1952 ochko

14. Soyib Qurbonov (O‘zbekiston) - 1041 ochko

38. Ramziddin Saidov (O‘zbekiston) – 420 ochko

79. Erkin Doniyorov (O‘zbekiston) – 120 ochko

Erkaklar o‘rtasidagi eng yuqori 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ham kichik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Ushbu vaznda ham boshqa etakchilar qatori Abdullo Tangriev o‘z o‘rnini bir pog‘onaga yaxshilagan bo‘lsa,  o‘z navbatida Elyor Sharipov 61 va Boltaboy Boltaboev 63-o‘rinni band etishgan.

+100 kg

1.    Teddi Riner (Frantsiya) - 2800 ochko

2.    Daniel Natea (Ruminiya) - 2140 ochko

3.    Xisayoshi Xarasava (Yaponiya) - 1930 ochko

15. Abdullo Tangriev (O‘zbekiston) - 942 ochko

61. Elyor Masharipov (O‘zbekiston) – 202 ochko

63. Boltaboy Boltaboev (O‘zbekiston) – 156 ochko.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, fevral oyi ham vakillarimiz uchun reyting jadvalida ko‘tarilishlarga boy bo‘ldi. Biroq, vakillarimiz uchun oldinda turgan, Parij Gran Prisi mart oyi reytingida ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Biz esa bu yo‘lda hamyurtdarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!