Dzyudochilarimiz Zagreb Gran-prisidan medalsiz qaytadigan bo‘lishdi
Xorvatiyaning Zagreb shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi vakillarimiz uchun yakunlandi. Bugun og‘ir vaznli sportchilar bahsida tatamiga chiqqan 5 nafar vakilimizning barchasi medallar uchun kurashdan chiqib ketishdi.
Davlat Bobonov ikkinchi davrada belaruslik raqibiga "golden skor"da imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Bekmurod Oltiboev uchinchi davrada jahon reytingi etakchisi bilan bahsda vazari bahosi bilan oldinda borayotib raqibi bajarga usulga tushib qoldi va chorak finalga chiqa olmadi. Shu tariqa, terma jamoamiz vakillari Zagreb Gran-prisidan medalsiz keladigan bo‘ldi.
Fikrlar