Ehtiyot bo‘ling, «Borussiya D» nemis klubi qaytmoqda!

«Borussiya Dortmund» yana o‘ziga kelib oldi va bir vaqtlar qanday yorqin o‘yin namoyish qilishgan bo‘lsa, Bundesliganing yangi mavsumida yana o‘sha qahramonliklarini ko‘rsatishni boshladi.

Jamoaning muvaffaqiyatlari 2008-2015-yillar oralig‘ida Yurgen Klopp boshqaruvi bilan bog‘liq. «BVB» jahon futboliga yorib kirdi. Ikki marta Bundesligani yutdi. Chempionlar Ligasi finalchisiga aylandi. Mario Gyottse, Marko Roys, Robert Levandovski va Mats Xummelslar jahon saviyasidagi futbolchilarga aylanishdi.

So‘nggi yillarda esa «Borussiya Dortmund»ning ko‘plab iqtidorlari «Bavariya» tomon yo‘l oldi, Kloppning o‘zi esa «Liverpul»ga jo‘nadi. Mana endi jamoa yangi murabbiy Lyusen Favr qo‘li ostida qayta shakllanmoqda va Germaniya tugul, Evropaning har qanday grandlariga chaqiruv yo‘llamoqda.

Quyida dortmundliklarni yana o‘zlariga qaytishganini isbotlovchi 10 faktni tahlil qilamiz.

  1. Engilmas jamoa

8-turdan keyin Bundesligada faqatgina bir jamoa engilmasdan kelmoqda. Bu albatta – «Borussiya Dortmund».

Favr shogirdlari hisobida olti g‘alaba va ikki durang bor. Amaldagi chempion – «Bavariya»dan esa to‘rt ochko ilgarilab ketgan. Klub shuningdek Chempionlar Ligasini hozirgacha barcha uch o‘yinda g‘olib chiqqan. So‘nggi turda kimsan Simeoning «Atletiko»sini 4-0 hisobida engani so‘zimizning isboti.

  1. Gollar «yomg‘iri»

«Borussiya D»ni to‘xtatadigan mard bormi? Bundesliganing 8-turidan keyinoq ularning hisobidan naq 27 gol bor! Bu bilan ular klub rekordini yangilashdi. Pako Alkaser va Jeydon Sancholar dortmundliklar hujumiga yangi kuch bag‘ishlamoqda. Marko Roys esa ularga qo‘shimcha kuch bo‘lib xizmat qilmoqda.

  1. Pako hammani hayratlantirmoqda

Ayni vaqtda ispaniyalik hujumchining to‘pga teginishi faqat gol bilan tugamoqda. Alkaser to‘rt o‘yinda jamoasi uchun etti gol urishga erishdi. 25 yoshli hujumchiga faqatgina 127 daqiqa berilgan xolos. U o‘rtacha har 18.14 daqiqada gol urmoqda.

  1. sovuqqonlik yuqori darajada

klub faqatgina Alkaserning gollari evaziga yaxshi natija qayd etayotgani yo‘q. Klubning 59.5 % zarbalari darvoza to‘ridan o‘rin olmoqda.

Bunday statistikadan ko‘rinib turibdiki, klub vakillari yakuniy zarba yo‘llashda kamroq xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.

  1. Qo‘lingdan kelsa etib ol!

Evropaning kuchli beshlik vakillaridan birortasi “Borussiya Dortmund”chalik ichki chempionatda ko‘p gol urgani yo‘q. Ular gol mashinasiga aylanib bormoqda.

Sancho va Kristian Pulishichlarning borligi va kamiga Roys va Alkaserning samaradorligi tufayli klub natijalaridan hayratlanmaslik kerak.

  1. Bundesliganing mohir pleymeykeri

Agarda Jorjino Premer Liganing eng yaxshi pas uzatuvchisi bo‘lsa, Manuel Akandji Bundesliganing eng zo‘ri bo‘lib turibdi.

Shveytsariyalik futbolchi bu mavsumda 494 pas uzatgan. Uning aniqligi 94.3 % ni tashkil qiladi. 23 yoshli futbolchi to‘p bilan muomala qilishning hadisini yaxshi o‘rgangan ko‘rinadi.

  1. «Tilla bola»

Germaniya va Angliyadagilar faqatgina bir futbolchi – Jeydon Sancho haqida gapirishmoqda.

18 yoshli futbolchi raqib himoyachilarini shunaqangi adabini bermoqdaki, bu uning statistikasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. U hozirgacha oltita golli uzatmani amalga oshirgan. «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi Bundesliganing 305 daqiqalik o‘yinida jamoadoshlari uchun 15 ta xavfli vaziyat yaratib bergan. Uning bu xizmatlari Sautgeyt nazaridan chetda qolmadi va Xorvatiyaga qarshi o‘yinda termadagi debyutini nishonladi.

  1. «Atletiko» to‘sig‘idan o‘tish

«Borussiya D»ning «Atletiko» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishini hech kim kutmagani rost. Boisi 90 daqiqa ichida hali birorta jamoa Chempionlar Ligasi doirasida Diego Simeone jamoasiga 4 va undan yuqori gol urgan emas!

Madridliklar darvozaboni Oblak oxirgi marta 2013-yilda «Rio Ave» safida 4 va undan yuqori gol o‘tkazib yuborgan.

Simeone jamoasiga qarshi bir qator jahonning top klublari o‘ynagan. Biroq bunaqasi hali bo‘lmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!