Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani jonli efirda namoyish etiladi

  • 05.08.2018 16:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Ektor Kuper 6 avgust kuni tongda yurtimizga etib keladi. Argentinalik mutaxassisning Toshkentdagi ilk kadrlari UZREPORT TV telekanalida jonli tarzda taqdim etiladi.

62 yoshli murabbiy Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportiga soat 06:10da kelib qo‘nadigan samolyot bortida bo‘ladi.

Kunning ikkinchi yarmida, soat 15:00da O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi. Argentinalik murabbiy rasman MTJ bosh murabbiyi sifatida keng ommaga tanishtiriladi. Shuningdek, Kuper ilk bor o‘zbekistonlik jurnalistlarning savollariga javob beradi. Mazkur matbuot-anjumani ham jonli tarzda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Shuningdek, SPORTS.uz saytining youtube dagi sahifasida LIVE tarzda yoritib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!