Elina Svitolina Doxada Elena Ostapenkoni qiynadi

Ukrainalik tennischi Elina Svitolina Doxa shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Elina turnirning mazkur bochqichida latviyalik Elena Ostapenkoni har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida taslim qildi.

Endi "Qatar Total Open" musobaqasining chorak finalida Svitolina chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!