Elnur Abduraimovning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
O‘zining qiziqarli pallasiga kirib borayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida saralash bosqichi o‘z yakuniga etdi.
Saralashning so‘nggi bosqich bahslarini hamyurtimiz Elnur Abduraimov yakunlab berdi. Terma jamoamiz vakili chempionatdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Uch raund davom etgan bahsda terma jamoamiz vakili Filippindan tashrif buyurgan Jeyms Palisteni mutloq ustunlik bilan mag‘lub etdi.
Elnur chorak finalda Indoneziya vakili Farrand Papendanga qarshi jang olib boradi. Ushbu bokschi chorak finalga qadar turkmanistonlik Yazmirat Gurbanovni mag‘lub etgan edi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar